Hero Banner

Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!

Muallif: Ibrokhim Sana: 15 okt. 2025 Toifa: News
Toshkentda **Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)**ning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston, Turkiy davlatlar tashkiloti va Turkiy akademiya vakillari, shuningdek, 70 ga yaqin universitetdan 200 dan ortiq rektor va olimlar ishtirok etmoqda. Assambleya doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida O‘zbekiston 2025–2026-yillarda Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)ga raislik qilishi davrida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari”ni o‘tkazish tashabbusini ilgari surgan edi (https://gov.uz/oz/edu/news/view/93309).

Bugun ushbu tashabbus amalda: Toshkent xalqaro universitetida TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanychbek Omuraliyev, Turkiy akademiya prezidenti Shahin Mustafayev, Toshkent xalqaro universiteti rektori Iskandar Yo‘ldoshev ochib berdi.

Assambleyada tashkilotga a’zo mamlakatdan 70 ga yaqin universitet vakillari, jumladan 200 nafarga yaqin rektor va olimlar qatnashmoqda.

Tadbir doirasida “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. translate to english and russian

Ko‘proq Yangiliklar

Xalqaro multimodal transport forum 2025-yil 12-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tadi
Xalqaro multimodal transport forum 2025-yil 12-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tadi

Xalqaro multimodal transport forum 2025-yil 12-noyabrda Toshkentda bo'lib o'tishini e'lon qilishdan mamnunmiz.

News noy 04, 2025
Sadi Jafarov uchun xayrlashuv marosimi o‘tkazildi
Sadi Jafarov uchun xayrlashuv marosimi o‘tkazildi

Sadi Jafarov Turkik Davlatlar Tashkiloti (TDT) Bosh kotibining o‘rinbosari lavozimini tugatdi. 2025 yil 23 oktyabrda Istanbulda TDT Bosh qarorgohida xayrlashuv marosimi o‘tkazildi. Bosh kotib, elchi Kubanychbek Omuraliev, Jafarovning professionalizmi va Turkik davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

News noy 04, 2025
Turk davlatlari tashkiloti Bosh kotibi bayonoti
Turk davlatlari tashkiloti Bosh kotibi bayonoti

UNESCO 2025-yil 3-noyabrda Samarqandda o‘tkazilgan 43-umumiy konferensiyasida 15-dekabrni “Dunyo Turk Tili Oilasi Kuni” deb e’lon qildi. Turk davlatlari tashkiloti (TDT) ushbu tarixiy qarorni qutlaydi va bu qaror Turk tili oilasining qadimiy ildizlari, madaniy birligi va global ahamiyatini tan olishini ta’kidlaydi.

News noy 04, 2025
Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!
Toshkentda TÜRKÜNİBning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi!

Toshkentda **Turkiy universitetlar ittifoqi (TÜRKÜNİB)**ning 8-Bosh Assambleyasi boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston, Turkiy davlatlar tashkiloti va Turkiy akademiya vakillari, shuningdek, 70 ga yaqin universitetdan 200 dan ortiq rektor va olimlar ishtirok etmoqda. Assambleya doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Turkiy ilm-fan va innovatsiyalar kunlari” tashabbusi muhokama qilinmoqda hamda O‘zbekiston universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

News okt 15, 2025

FORM

Kelajagingiz sari navbatdagi qadamni tashlashga tayyormisiz?

Ariza shakli